18-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining mandat komissiyasi va qoʻmitalari toʻgʻrisida (302-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Mandat komissiyasi va qoʻmitalari faoliyatini muvofiqlashtirib turadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati:
qoʻmitalarning kelishib bahamjihat ishlashni tashkil etish uchun zarur chora-tadbirlar koʻradi;
xalq deputatlarini, davlat va jamoat idoralari vakillari Mandat komissiyasi va qoʻmitalarning majlislaridan xabardor qilib turadi;
Mandat komissiyasi va qoʻmitalarni ular qarab chiqadigan masalalarga doir materiallar va hujjatlar bilan oʻz vaqtida taʼminlaydi;
Qoʻmitalar faoliyati ilmiy-metodik, texnikaviy jihatdan taʼminlanishga koʻmaklashadi, ularga huquqiy, tashkiliy va boshqa zarur yordam koʻrsatadi;
Sessiyalarning kun tartibi va ish tartibi loyihalarini tayyorlash chogʻida Mandat komissiyasi va qoʻmitalarning takliflarini umumlashtiradi hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi muhokamasiga topshiradi.
