Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining mandat komissiyasi va qoʻmitalari toʻgʻrisida (302-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
Deputatlarning Mandat komissiyasi va qoʻmitalardagi vakolatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi shu kishilarning iltimoslariga koʻra, shuningdek, ularning oʻz vazifalarini bajarishini mumkin boʻlmaydigan qilib qoʻyadigan holatlar munosabati bilan muddatidan avval toʻxtatish mumkin.
Mandat komissiyasi va qoʻmitalar tarkibini yangilash toʻgʻrisidagi takliflarni Mandat komissiyasi va qoʻmitalar muhokama qiladi va bu takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi rayosatining roziligi bilan ularning raislari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashida koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-139553
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining mandat komissiyasi va qoʻmitalari toʻgʻrisida (302-XII-son). neolex.uz/uz/laws/law-139551/12 (lex.uz/docs/-139553)