“50-modda. Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish tartibini buzganlik uchun javobgarlik
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-183-son) · Sana: 26.09.2008 · Amalda
Aksiyadorlik jamiyati, transfer-agent, markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qogʻozlarning nominal saqlovchilari jamiyat aksiyadorlari reyestridagi maʼlumotlarning toʻliqligi hamda toʻgʻriligi uchun solidar javobgar boʻladi va oʻzlarining harakatlari yoki harakatsizligi bilan aksiyadorga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi shart”;
27) 51-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qimmatli qogʻozlarning nominal saqlovchilari depozitariylardir”;
28) 52-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aksiyalarni saqlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida amalga oshiriladi”;
29) 53-modda:
ikkinchi qismining ruscha matnidagi “vidu” degan soʻz “tipu” degan soʻz bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismining ruscha matnidagi “vidu prinadlejaщix aksiy” degan soʻzlar “tipu prinadlejaщix im aksiy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
30) 54-moddaning nomidagi “va shakllari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
31) 55-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
