“1861-modda. Etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-182-son) · Sana: 24.09.2008 · Amalda
Etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 245-moddaning birinchi qismi “186” raqamidan keyin “1861 (aksiz markasi bilan markalanmagan tovarlarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish hollari bundan mustasno)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 264-moddaning birinchi qismi “1791” raqamidan keyin “1861 (aksiz markasi bilan markalanmagan tovarlar qonunga xilof ravishda ishlab chiqarilgan yoki muomalaga kiritilgan hollarda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 287-moddaning 8-bandi “1763” raqamidan keyin “1861” raqami bilan toʻldirilsin;
5) 291-modda birinchi qismining “d” bandi “1763” raqamidan keyin “1861” raqami bilan toʻldirilsin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 24-sentabr,
OʻRQ-182-son
