Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2008-yil 8-avgustdagi 174-son qarori) (213-son)
20.09.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2008-yil 8-avgustdagi 174-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi S.X.Bekenov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev
Toshkent sh.,
2008-yil 20-sentabr,
213-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-sentabrdagi 213-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
6. Vazirlar Mahkamasining “Konlarning Kandim guruhi uchastkasi, Xauzak va Shadi uchastkalari, shuningdek qoʻngʻirot uchastkasiga nisbatan Mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 14-sentabrdagi 428-son qarorining 5-bandidagi “Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
