“Andijon viloyatidagi “Ulugʻnor” nasos stansiyasini qayta tiklash” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-957-son)
10.09.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Andijon viloyatining sugʻoriladigan yerlarida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirish va Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Hukumatining eksport kreditlaridan foydalangan holda moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan “China National Electric Equipment” (XXR) korporatsiyasi oʻrtasida “Andijon viloyatidagi “Ulugʻnor” nasos stansiyasini qayta tiklash” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar olib kelish, shef-montaj hamda sozlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha jami 6,14 mln. AQSh dollariga teng miqdorda shartnoma tuzilgan.
2. Belgilansinki, loyihani moliyalashtirish:
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining besh yil imtiyozli davrni hisobga olgan holda, muddati 15 yil boʻlgan, qayta moliyalashtiruvchi bankning 0,2 foizli marjasini qoʻshganda yillik 3,2 foizli stavka bilan XXR Eksimbanki kredit mablagʻlarini qayta moliyalashtirish yoʻli bilan 5,22 mln. AQSh dollari miqdoridagi krediti hisobidan;
Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjetining 0,92 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi kredit mablagʻlaridan maqsadli foydalanish hamda loyihaning samarali amalga oshirilishi uchun javobgar boʻlgan buyurtmachi va ijro etuvchi agentlik, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining kreditlari boʻyicha qarz oluvchi hisoblanadi;
“Oʻzsuvloyiha” OAJ “Andijon viloyatidagi “Ulugʻnor” nasos stansiyasini qayta tiklash” loyihasi boʻyicha bosh loyihalovchi hisoblanadi;
asosiy qarzni uzish, foizlar, komissiyalar va kreditga xizmat koʻrsatish hamda moliyalashtirishni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
4. Quyidagilar:
“Andijon viloyatidagi “Ulugʻnor” nasos stansiyasini qayta tiklash” loyihasining TIAsi asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari va 2010-yilning IV-choragida yakunlash muddati bilan 1-ilovaga muvofiq;
mazkur loyihani bajarishga investitsiyalar kiritish jadvali 2-ilovaga muvofiq;
XXR Eksimbanki qarz mablagʻlarini toʻlash, loyiha boʻyicha foizlar va komissiyalarni toʻlash jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mazkur loyihani moliyalashtirish uchun XXR Eksimbanki bilan yakka tartibda qarz bitimi va XXR Eksimbanki qarz mablagʻlarini qayta moliyalash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan kredit shartnomasini tuzsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi nomidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining XXR Eksimbanki oldidagi toʻlov majburiyatlari boʻyicha tasdiqlovchi hujjat, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi majburiyatlari boʻyicha kafolat berishga vakil etib tayinlansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qarz bitimida nazarda tutilgan shaklda Oʻzbekiston Respublikasining tasdiqlovchi hujjati va kafolati boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining talabnomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan, tuzilgan kontraktga muvofiq shef-montaj ishlari va texnologik uskunalarni sozlashni, shuningdek nasos stansiyasiga xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga taʼlim berilishini taʼminlovchi xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari, shu jumladan koʻp martalik vizalari konsullik yigʻimi undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining talabnomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek vaqtincha roʻyxatda turish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin hamda ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 10-sentabr,
957-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 10-sentabrdagi PQ-957-son qaroriga 1-ILOVA
“Andijon viloyatidagi “Ulugʻnor” nasos stansiyasini qayta tiklash” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari
T/r Koʻrsatkichlar nomlanishi Oʻlchov birligi Jami shu jumladan: budjet mablagʻlari hisobidan XXR krediti hisobidan 1. Loyihaning umumiy qiymati ming AQSh dollari 8851,09* 3 632,94 5 218,15 shu jumladan: 1.1. investitsiya davridan keyin foizlar toʻlovi ming AQSh dollari 1 134,95 1 134,95 - 1.2. investitsiya davridan keyin bank marjasi 75,66 75,66 - 1.3. Kapital qoʻyilmalar summasi, jami ming AQSh dollari 7 640,48 2 422,33 5 218,15 shu jumladan: 1.3.1. Chet el valyutasida xarajatlar, jami ming AQSh dollari 6 374,04 1 155,89 5 218,15 shundan: uskunalarni yetkazib berish, yuklash oldi nazorati, ichki yuk tashuvlar, sugʻurta ming AQSh dollari 5 376,00 806,40 4 569,60 ehtiyot qismlar 535,10 80,26 454,84 shef-montaj, sozlash va oʻqitish 227,90 34,19 193,71 investitsiya davrida moliyaviy xarajatlar, jami: 235,04 235,04 - shundan: - investitsiya davrida foizlar toʻlovi ming AQSh dollari 186,47 186,47 - investitsiya davrida bank marjasi 12,43 12,43 - majburiyatlar uchun vositachilik haqi 20,49 20,49 - boshqaruv uchun vositachilik haqi 15,65 15,65 - 1.3.2. Milliy valyutada xarajatlar, jami ming AQSh dollari 1 266,44 1 266,44 - shundan: qurilish-montaj ishlari mi?g AQSh dollari ekvivalentida 908,30 908,30 - ichki yuk tashuvlar 12,28 12,28 - buyurtmachining boshqa xarajatlari 140,82 140,82 - QQS (pudratchi xarajatlariga) 181,66 181,66 - bojxona deklaratsiyasi va rasmiylashtiruvi 23,38 23,38 - 2. Tashkil etiladigan asosiy jamgʻarmalar qiymati ming AQSh dollari ekvivalentida 6 870,34 3. Korxonalar quvvati (sugʻoriladigan maydon) ming gektar 5,5 4. Band qilinadigan ishchilarning taxminiy soni kishi 15 5. Loyiha qoplanishining hisoblab chiqilgan muddati yil 10,5 6. Investitsiya davrining davomiyligi oy 30 7. Kreditni soʻndirish muddati yil 15 shu jumladan imtiyozli davr yil 5
* Koʻrsatkichlarning yakuniy qiymati oʻtkazilgan tender va qurilish ishlarini batafsil loyihalashtirish natijalariga koʻra, shuningdek, qarz mablagʻlarining haqiqiy oʻzlashtirish summasi va sanasiga bogʻliq ravishda aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 10-sentabrdagi PQ-957-son qaroriga 2-ILOVA
“Andijon viloyatidagi “Ulugʻnor” nasos stansiyasini qayta tiklash” loyihasini bajarish uchun investitsiyalar kiritish
JADVALI
(ming AQSh dollari ekvivalentida) Yirik xarajatlar 2008-yil 2009-yil 2010-yil 2008-2010-yillarda jami Jami shu jumladan: Jami shu jumladan: Jami shu jumladan Jami shu jumladan: XXR krediti hisobidan budjet mablagʻlari hisobidan XXR krediti hisobidan budjet mablagʻlari hisobidan XXR krediti hisobidan budjet mablagʻlari hisobidan XXR krediti hisobidan budjet mablagʻlari hisobidan Uskunalar sotib olish (uskunalarni yetkazib berish, ehtiyot qismlar, yuklash oldi nazorati, ichki yuk tashuvlar, sugʻurta, shef-montaj, sozlash va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni oʻqitish) 1841,70 920,85 920,85 3069,50 3 069,50 - 1227,80 1 227,80 - 6139,00 5 218,15 920,85 Mahalliy xarajatlar, jami 331,32 - 331,32 534,37 - 534,37 195,71 - 195,71 1061,40 - 1 061,40 shu jumladan: qurilish-montaj ishlari 272,50 - 272,50 454,15 - 454,15 181,65 - 181,65 908,30 - 908,30 nasos uskunalarini ichki transportda tashish 3,90 - 3,90 6,40 - 6,40 1,98 - 1,98 12,28 - 12,28 buyurtmachining boshqa xarajatlari 54,92 - 54,92 73,82 - 73,82 12,08 - 12,08 140,82 - 140,82 Qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) 54,50 - 54,50 90,83 - 90,83 36,33 - 36,33 181,66 - 181,66 QQS hisobi bilan birga xarajatlar 2227,52 920,85 1 306,67 3694,70 3 069,50 625,20 1459,84 1 227,80 232,04 7382,06 5 218,15 2 163,91 Bojxona deklaratsiyasi va bojxona rasmiylashtiruvi 7,01 - 7,01 11,69 - 11,69 4,68 - 4,68 23,38 - 23,38 Moliyaviy xarajatlar, jami 30,15 - 30,15 64,62 - 64,62 140,27 - 140,27 235,04 - 235,04 shu jumladan: investitsiyalar davrida kredit uchun foizlar toʻlovi 6,90 - 6,90 50,65 - 50,65 128,92 - 128,92 186,47 - 186,47 investitsiya davrida bank marjasi 0,46 - 0,46 3,38 - 3,38 8,59 - 8,59 12,43 - 12,43 majburiyatlar uchun vositachilik haqi 7,14 - 7,14 10,59 - 10,59 2,76 - 2,76 20,49 - 20,49 boshqaruv uchun vositachilik haqi 15,65 - 15,65 - - - - - - 15,65 - 15,65
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 10-sentabrdagi PQ-957-son qaroriga 3-ILOVA
XXR Eksimbanki qarz mablagʻlarini soʻndirish, “Andijon viloyatidagi “Ulugʻnor” nasos stansiyasini qayta tiklash” loyihasi boʻyicha foizlar va komissiyalarni toʻlash
JADVALI
1. Qarz summasi — 5218,15 ming AQSh dollari 2. Qarzni soʻndirish muddati — 15 yil 3. Imtiyozli davr — 5 yil 4. Foiz stavkasi — yillik 3,2 foiz shu jumladan bank marjasi — yillik 0,2 foiz 5. Majburiyat uchun komissiya (foizda) — kreditning olinmagan summasidan yillik 0,3 foiz 6. Boshqaruv uchun komissiya (foizda) — kredit summasidan 0,3 foiz AQSh dollari Toʻlov sanasi Asosiy qarz toʻlov summasi* Foizlar toʻlovi** Bank marjasi Majburiyat uchun komissiya Boshqaruv uchun komissiya Jami toʻlanadigan summa 2008-yil I yarim yillik*** 15 654 15 654 2008-yil II yarim yillik*** 6 906 460 7 137 14 503 2009-yil I yarim yillik 13 813 921 6 446 21 180 2009-yil II yarim yillik 36 834 2 456 4 144 43 434 2010-yil I yarim yillik 59 855 3 990 1 842 65 687 2010-yil II yarim yillik 69 064 4 604 921 74 589 2011-yil I yarim yillik 78 272 5218 83 490 2011-yil II yarim yillik 78 272 5218 83 490 2012-yil I yarim yillik 78 272 5218 83 490 2012-yil II yarim yillik 78 272 5218 83 490 2013-yil I yarim yillik 260 907 78 272 5218 344 397 2013-yil II yarim yillik 260 907 74 359 4 957 340 223 2014-yil I yarim yillik 260 907 70 445 4 696 336 048 2014-yil II yarim yillik 260 907 66 531 4 435 331 873 2015-yil I yarim yillik 260 907 62 618 4 175 327 700 2015-yil II yarim yillik 260 907 58 704 3 914 323 525 2016-yil I yarim yillik 260 907 54 791 3 653 319351 2016-yil II yarim yillik 260 907 50 877 3 392 315 176 2017-yil I yarim yillik 260 907 46 963 3 131 311 001 2017-yil II yarim yillik 260 907 43 050 2 870 306 827 2018-yil I yarim yillik 260 908 39 136 2 609 302 653 2018-yil II yarim yillik 260 908 35 223 2 348 298 479 2019-yil I yarim yillik 260 908 31 309 2 087 294 304 2019-yil II yarim yillik 260 908 27 395 1 826 290 129 2020-yil I yarim yillik 260 908 23 482 1565 285 955 2020-yil II yarim yillik 260 908 19 568 1305 281 781 2021-yil I yarim yillik 260 908 15 654 1044 277 606 2021-yil II yarim yillik 260 908 11 741 783 273 432 2022-yil I yarim yillik 260 908 7 827 522 269 257 2022-yil II yarim yillik 260 908 3 914 261 265 083 Jami 5 218 150 1 321 419 88 094 20 490 15 654 6 663 807
* Asosiy qarzni toʻlashning dastlabki sanasi kredit shartnomasi kuchga kirish sanasiga bogʻliq.
** Komissiyalar va foizlar kreditning haqiqiy summasi, yetkazish (tanlab olish) sanasi va kredit shartnomasining kuchga kirish sanasiga bogʻliq.
*** Kreditni tanlab olish davri prognoz hisoblanib, kredit shartnomasining kuchga kirish sanasiga bogʻliq.
