Avtobenzin va dizel yoqilgʻisi uchun qatʼiy miqdorda belgilangan aksiz soligʻi stavkalarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida (1852-son)
05.09.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 5-sentabrda 1852-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 52-son, 534-modda) 12-1-ilovasiga asosan buyuraman:
1. Avtobenzin va dizel yoqilgʻisi uchun qatʼiy miqdorda belgilangan aksiz soligʻi stavkalari qayta koʻrib chiqilib, quyidagi miqdorlarda belgilansin:
Ai-80 markali avtobenzinga — 216 500 soʻm/tonnaga;
Ai-91, A-92 va Ai-93 markali avtobenzinga — 238 100 soʻm/tonnaga;
Ai-95 markali avtobenzinga — 275 500 soʻm/tonnaga;
dizel yoqilgʻisiga — 185 200 soʻm/tonnaga.
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 5-martdagi 23-sonli “Avtobenzin va dizel yoqilgʻisi uchun qatʼiy miqdorda belgilangan aksiz soligʻi stavkalarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (2008-yil 6-mart, roʻyxat raqami 1777 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 10-11-son, 69-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 29-avgust,
92-son
