Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilar tarkibining maoshini oshirish toʻgʻrisida” 1999-yil 20-iyuldagi PF-2341-sonli Farmonini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (PF-4026-son)
09.09.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Respublika oliy taʼlim muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimi tasdiqlanishi munosabati bilan:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilar tarkibining maoshini oshirish toʻgʻrisida” 1999-yil 20-iyuldagi PF-2341-sonli Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisining xizmati (Sh.X. Fayziyev) zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 9-sentabr,
PF-4026-son
