Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan isteʼmol tovarlarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (1853-son)
09.09.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 9-sentabrda 1853-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2008-yil 27-martdagi PQ–823-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 14-15-son, 98-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyuldagi 257-sonli “Respublikaga isteʼmol tovarlari noqonuniy olib kelinishi va sotilishining oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-yil, 14-son, 109-modda) bajarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan isteʼmol tovarlarining Roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning kuchga kirish kunidan boshlab quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2003-yil 2-maydagi 4, EG-01/12-1745, 01-02/8-19, 60-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan isteʼmol tovarlarining roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (2003-yil 21-may, roʻyxat raqami 1242 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 9-10-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2003-yil 19-avgustdagi 2-4/38, EG-01/12-3/44, 01-02/8-33, 89-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan isteʼmol tovarlarining roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaror (2003-yil 29-avgust, roʻyxat raqami 1242-1 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 15-16-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2007-yil 15-martdagi 15, 32, EG-01/19-1254, 01-02/8-8-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan isteʼmol tovarlarining roʻyxatiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qaror (2007-yil 28-may, roʻyxat raqami 1242-2 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 13-son, 125 modda).
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri B. XOʻJAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 1-avgust,
56-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 1-avgust,
73-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 1-avgust,
EG-01/19-3822-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 1-avgust,
01-02/8-46-son
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 1-avgustdagi 56, 73, EG-01/19-3822, 01-02/8-46-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kiritiladigan isteʼmol mollari
ROʻYXATI*
(Roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 22-iyundagi 76, 65, EG-01/10-3881 va 01-02/8-13-sonli (roʻyxat raqami 1853-1, 27.06.2009-y.) qarori tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 27-son, 318-modda)
* Isteʼmol tovarlari roʻyxati quyidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida qoʻllanilishi mumkin:
— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 11-fevraldagi PF-3105-sonli Farmoni 2-bandiga muvofiq, yuridik shaxslar tomonidan olib kelinadigan isteʼmol tovarlariga nisbatan bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni bekor qilishda;
— Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyuldagi 257-sonli qarori 2-bandiga muvofiq, tovar-xomashyo birjalarida import shartnomalarini tuzishni taqiqlashda;
— Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-dekabrdagi 425-sonli qarori 2-bandiga muvofiq, qoʻshni davlatlar hududidan reeksport qilinadigan mahsulotlarga nisbatan yigʻimlar belgilashda.
** Oʻzining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinadigan tovarlar bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida OAJ “Oʻzbekekspertiza” tomonidan berilgan sertifikat taqdim etilganda, isteʼmol tovarlari deb hisoblanmaydi.
