“165-modda. Faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish haqida (O‘RQ-180-son) · Sana: 18.09.2008 · Amalda
Litsenziya olinishi shart boʻlgan faoliyat bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan shugʻullanish —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 245-moddaning birinchi qismidagi “166, 167, 169, 170-moddalari” degan soʻzlar “165, 166, 167, 169, 170-moddalari” degan soʻzlar bilan, “176-moddasining ikkinchi qismi” degan soʻzlar esa “176-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 18-sentabr,
OʻRQ-180-son
