1-modda. Kooperatsiya va uning turlari
Kooperatsiya toʻgʻrisida (295-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
1. Oʻzbekiston Respublikasida kooperatsiya jismoniy va yuridik shaxslarning iqtisodiy hamda ijtimoiy faoliyatning turli sohalarida umumiy maqsadlarga erishish uchun tashkiliy jihatdan rasmiylashtirilgan, mulkning shirkat (jamoa) shakliga asoslangan ixtiyoriy birlashmalaridan (kooperativlaridan) iboratdir.
2. Oʻzbekiston Respublikasida aholining mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish uchun, shuningdek foyda (daromad) olish maqsadida tuziladigan matlubot, ishlab chiqarish va aralash ishlab chiqarish-matlubot kooperativlari amal qiladi.
Kooperatsiya, shuningdek oʻz aʼzolarining uy-joy-maishiy va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan kooperativlarni,(uy-joy-qurish uy joy kooperativlarini, garaj qurish, chorbogʻ qurish va shu kabi kooperativlarni) ham oʻz ichiga oladi.
