Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi konvensiyani hamda bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi Konvensiyani amalga oshirish chora-tadbirlari haqida (207-son)
12.09.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi Konvensiya hamda Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi Konvensiya ratifikatsiya qilinishi munosabati bilan hamda bolalar mehnati masalalari boʻyicha vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning xalqaro va jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi Konvensiyani hamda Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi Konvensiyani amalga oshirish boʻyicha Milliy harakatlar rejasi (keyingi oʻrinlarda Milliy harakatlar rejasi deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan konvensiyalar, shuningdek Milliy harakatlar rejasidan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash boʻyicha vazirliklar, idoralar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi zimmasiga yuklansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda korxonalar, tashkilotlar va jismoniy shaxslar tomonidan bolalarni mehnatga majbur qilishga yoʻl qoʻymaslik va ular tomonidan voyaga yetmaganlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan mehnat normalari va sharoitlariga rioya qilinishi yuzasidan taʼsirchan nazoratni taʼminlasinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga respublika hududida Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi Konvensiya hamda Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi Konvensiya talablariga soʻzsiz rioya etilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish tavsiya etilsin.
4. Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi Milliy harakatlar rejasi bajarilishi muntazam ravishda koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Milliy harakatlar rejasi toʻgʻrisidagi axborotni manfaatdor xalqaro tashkilotlarga maʼlum qilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 12-sentabr,
207-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-sentabrdagi 207-son qaroriga ILOVA
Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi Konvensiyani hamda Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi Konvensiyani amalga oshirish boʻyicha
MILLIY HARAKATLAR REJASI
Izohlar.
* Milliy harakatlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish ijrochilar mablagʻlari va xalqaro tashkilotlardan jalb qilinadigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
** Moliyaviy yordam, konsultatsiya berish, kelishilgan qoʻshimcha dasturlarni amalga oshirish.
