28-modda. Muzeylarni moliyalashtirish
Muzeylar toʻgʻrisida (O‘RQ-177-son) · Sana: 12.09.2008 · Amalda
Davlat muzeylarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Nodavlat muzeylarini moliyalashtirish ularning mulkdori mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Davlat muzeyi joylashgan bino boshqa tashkilotlarga berilgan taqdirda ushbu masala boʻyicha qaror qabul qilgan davlat organi davlat muzeyini teng qiymatdagi bino bilan taʼminlashi hamda mazkur muzeyning muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini, shuningdek koʻrgazma jihozlarini koʻchirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashi shart.
Davlat muzeylariga pulli xizmatlar koʻrsatishdan, xayriyalardan hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan kelib tushadigan mablagʻlar kelgusi yil uchun budjetdan moliyalashtirish hajmini belgilashda hisobga olinmaydi va ushbu mablagʻlar hisobiga budjetdan moliyalashtirish miqdori kamaytirilmaydi. Bunda koʻrsatilgan mablagʻlardan davlat muzeylarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi.
