“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasiga qoʻshimcha kiritish haqida (O‘RQ-175-son)
10.09.2008
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 23-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2008-yil 28-avgustda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi 436-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 217-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 262-modda) 29-moddasi birinchi qismining 11-bandi “qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 10-sentabr,
OʻRQ-175-son
