“Oʻzbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida (288-XII-son)
14.06.1991
Oʻzbekiston respublikasi Oliy kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan paytdan boshlab amalga kiritilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni u amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan huquqiy munosabatlarga nisbatan qoʻllanadi.
Qonun amalga kiritilishidan oldin vujudga kelgan huquqiy munosabatlar boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni u amalga kiritilganidan keyin vujudga keladigan huquq va burchlarga nisbatan qoʻllaniladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi:
“Oʻzbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi Qonunining amalga oshirilishini taʼminlaydigan qarorlar qabul qilsin;
shu yilning 1-oktabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini “Oʻzbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish haqida takliflar kiritsin;
“Oʻzbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi Qonunga zid boʻlgan Hukumat va tarmoq normativ hujjatlari qayta koʻrib chiqilishini va bekor qilinishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1991-yil 16-iyun,
288-XII-son
