7-modda. Chet ellik investorlarning huquqlari
Oʻzbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari toʻgʻrisida (287-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
1. Chet ellik investor amalga oshiriladigan investitsiyalarning hajmini, turini, yoʻnalishini mustaqil belgilaydi hamda investitsiyalarni amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslarni oʻz xohishiga koʻra jalb etadi.
2. Chet ellik investor investitsiya obyektlari va natijalariga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududida hamda uning tashqarisida takroriy investitsiyalar hamda savdo operatsiyalari natijalariga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va xalqaro huquq normalariga muvofiq egalik qilishga, ulardan foydalanishga va ularni tasarruf qilishga haqlidir.
Chet ellik investorning qaroriga binoan investitsiyalarga, ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi mumkin. Uqtirib oʻtilgan huquqlarni oʻtkazish vaqtida tomonlarning oʻzaro munosabatlari shartnomalar asosida tartibga solinadi.
