39-modda. Nizolarni qarab chiqish tartibi
Oʻzbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari toʻgʻrisida (287-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
Chet ellik investorlar bilan Oʻzbekiston Respublikasining davlat idoralari oʻrtasidagi nizolar, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida koʻrilishi kerak.
Chet ellik investorlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari, jamoat tashkilotlari hamda yuridik va jismoniy shaxslari bilan nizolari, investorlar bilan chet el investitsiyalari intirokidagi korxonalar oʻrtasidagi ular faoliyati bilan bogʻliq masalalarga doir nizolar Oʻzbekiston Respublikasi hakamlik sudlarida, shuningdek tomonlarning kelishuviga muvofiq — xolislar tekshiruvi tartibida, shu jumladan chet elda, qarab chiqilishi lozim.
