Oʻzbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari toʻgʻrisida (287-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni litsenziyasiz eksport qilishga va oʻzining ishlab chiqarish ehtiyojlari hamda ichki bozorda realizatsiya qilish uchun mahsulot import qilishga haqlidir. Oʻzi ishlab chiqargan, eksportga yetkazib beriladigan mahsulotni hamda oʻzining ehtiyojlari uchun korxona tomonidan import qilinadigan mahsulotni aniqlash tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tovar yaratilishining jahon amaliyotiga monand qoidalari asosida belgilab beradi.
Oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni eksport qilishdan olingan valyuta tushumlari belgilangan soliqlar va ajratmalar toʻlanganidan keyin toʻliq korxonaning tasarrufida qoladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-139105
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 20-modda. Mahsulotni eksport va import qilish Oʻzbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari toʻgʻrisida (287-XII-son). neolex.uz/uz/laws/law-139101/20 (lex.uz/docs/-139105)