2-modda. Chet el investitsiyalari
Oʻzbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari toʻgʻrisida (287-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
Chet el investitsiyalari deganda tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga chet ellik investorlar qoʻshadigan barcha turdagi mulkiy, moliyaviy va intellektual boyliklar tushuniladi.
Bunday boyliklar:
pul mablagʻlari, aniq maqsadli bank omonatlari, ulushlar, aksiyalar, sugʻurta polislari va boshqa qimmatbaho qogʻozlardan;
koʻchar va koʻchmas mol-mulkdan (binolar, inshootlar, asbob-uskunalar va boshqa moddiy boyliklardan);
mualliflik huquqlaridan kelib chiqadigan mulkiy va mulkka oid boʻlmagan huquqlar va boshqa intellektual boyliklaridan;
Oʻzbekiston Respublikasining, uning yuridik shaxslari va fuqarolarning egaligidan yerdan, mol-mulkdan hamda tabiiy boyliklardan foydalanishga chet ellik investorlar sotib olgan ijara huquqidan;
oʻzga boyliklardan iborat boʻlishi mumkin.
