Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (1730-1-son)
09.09.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 9-sentabrda 1730-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Xorijiy va mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan yangi qayd etilgan dori vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi dori vositalari va tibbiy buyumlari Davlat reyestriga kiritilishi munosabati bilan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2007-yil 25-sentabrdagi 422-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining roʻyxati”ga (roʻyxat raqami 1730, 2007-yil 20-oktabr — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2007-y., 43-son, 435-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 29-avgust,
390-son
Sogʻliqni saqlash vazirligining 2008-yil 29-avgustdagi 390-son buyrugʻiga ILOVA
Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 346 qatorning “Dori shakli” ustunidagi “600 mg” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Ilovaga muvofiq alfavit tartibda qoʻshimchalar kiritilsin.
Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ILOVA
Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining roʻyxati
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 37-38-son, 388-modda)
