6-modda. Ommaviy axborot vositalarini roʻyxatga olish
Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida (283-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
Ommaviy axborot vositalarining tahririyati oʻz faoliyatini tegishli ommaviy axborot vositasi roʻyxatga olinganidan soʻng amalga oshiradi.
Ommaviy axborot vositasini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi ariza muassis (taʼsis etuvchi) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Matbuot davlat komitetiga topshiriladi. Roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi ariza u olingan kundan boshlab bir oy muddat ichida koʻrib chiqilishi lozim.
Chet el aholiga moʻljallangan ommaviy axborot vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan roʻyxatga olinadi.
Ommaviy axborotni chiqarishga kirishish huquqi guvohnoma olingan kundan boshlab bir yil davomida saqlanib turadi. Bu muddat oʻtkazib yuborilgan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi.
