28-modda. Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarlikning asoslari
Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida (283-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
Soʻz erkinligini suiisteʼmol qilish, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan, fuqaroning yoki tashkilotning shaʼniga hamda qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan maʼlumotlarni tarqatish javobgarlik uchun asos boʻladi. Jurnalistlar tomonidan sudga, tergov organlariga taʼsir oʻtkazish amaldagi qonunlarga muvofiq jinoiy, maʼmuriy yoki oʻzga javobgarlikka olib boradigan asoslardir.
Belgilangan qoidaga koʻra roʻyxatga olingan ommaviy axborot vositalarining eʼlon etilgan maqsad va vazifalarini ado etishini taʼminlash maqsadida ularni roʻyxatga oluvchi organlar huquqiy ekspertiza oʻtkazib turishi, kasbkorlik yordamini koʻrsatishi, axborot bilan taʼminlashi lozim.
Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonunlarni buzganlik uchun aybdor deb topilgan davlat va jamoat idoralarining mansabdor shaxslari, shuningdek ommaviy axborot vositasining xabar va maqolalarning mualliflari javobgar boʻladilar.
