25-modda. Jurnalistning huquqlari
Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida (283-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
Jurnalist quyidagi huquqlarga ega:
1) axborot izlash, olish va uni ommalashtirish;
2) jurnalistik kasbi vazifalarini amalga oshirish munosabati bilan mansabdor shaxslar tomonidan qabul qilinish;
3) qonunda koʻzda tutilgan hollardan tashqari har qanday yozuvni, kino va fotosuratga olishni amalga oshirish;
4) guvohnomasini koʻrsatib, mitinglar va namoyishlarda, agar jurnalistning hayoti va salomatligi uchun xavfli boʻlmasa, tabiiy ofatlar yuz bergan joylarda hozir boʻlish;
5) olingan materiallarda koʻrsatilgan dalillarni va tafsilotlarni tekshirish chogʻida mutaxassislarga murojaat qilish;
6) oʻz eʼtiqodiga zid keladigan materiallarni oʻz imzosi bilan tayyorlashdan bosh tortish;
7) tahrir chogʻida mazmuni buzilgan materialdan oʻz imzosini olib tashlash;
8) mualliflik sir saqlanishini shart qilib qoʻyish.
Jurnalist ushbu Qonunga muvofiq oʻziga berilgan boshqa huquqlardan ham foydalanadi.
