22-modda. Raddiya va javob huquqi
Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida (283-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
Fuqaro yoki tashkilot ommaviy axborot vositasi tahririyatidan eʼlon qilingan, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan va ularning shaʼni hamda qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan maʼlumotlarni rad etishni talab qilishga haqlidir.
Ommaviy axborot vositasida huquqlari va qonuniy manfaatlari poymol qilingan fuqaro yoki tashkilot oʻsha ommaviy axborot vositasida javob eʼlon qilishga haqli.
Raddiya yoki javob maxsus ruknda yoki ana shu javobga sabab boʻlgan maqola bosilgan ayni sahifada ayni harflar bilan — roʻznomalarga raddiya yoki javob kelgan kundan boshlab bir oy muddat ichida boshqa davriy nashrlarda navbatdagi sonda eʼlon qilinadi.
Raddiya yoki javob radio yoki televideniye diktori tomonidan ayni programma va turkumda javob kelgan kundan boshlab bir oy muddat ichida oʻqib eshittirishlari. Javob Bilan chiqish huquqi fuqaroning oʻziga yoki tashkilotning vakiliga berilishi mumkin.
Javob matnini tahrir qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
