20-modda. Ommaviy axborot vositalari orqali axborot olish huquqi
Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida (283-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
Fuqarolar davlat idoralari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar faoliyati haqidagi ishonchli maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalari orqali operativ tarzda olish huquqiga egadirlar.
Ommaviy axborot vositalari tegishli davlat idoralari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan kerakli maʼlumotlarni olish huquqiga ega. Davlat idoralari, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar ommaviy axborot vositalariga mavjud maʼlumotlarni va hujjatlar bilan tanishish imkoniyatini beradilar.
Soʻralgan maʼlumotlarni taqdim etishdan bosh tortganlik uchun ommaviy axborot vositasi vakili yuqori turuvchi idoraga yoki mansabdor shaxsga, soʻngra esa Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida koʻzda tutilgan tartibda sudga murojaat qilishi mumkin.
