2-modda. Soʻz erkinligi va ommaviy axborot vositasi
Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida (283-XII-son) · Sana: 14.06.1991 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasida barcha ommaviy axborot vositalari erkindir.
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida har bir fuqaroning soʻz erkinligiga, ommaviy axborot vositalarida chiqish, oʻz fikri va eʼtiqodini oshkora bayon etish huquqiga kafolat beradi.
Ommaviy axborot vositalari axborotni izlash, tanlash, qabul qilish va ommalashtirishda qonunga muvofiq ish olib boradilar.
Ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
