8-modda. Soʻrovlar va taqdim etilgan maʼlumotlar boʻyicha konfidensiallik
Hamkorlik va oʻzaro yordam koʻrsatish toʻgʻrisida · Sana: 17.03.2008 · Amalda
1. Har bir Tomon mazkur Memorandum doirasida amalga oshirilgan soʻrovlarga nisbatan konfidensiallikka, bunday soʻrovlar va mazkur Memorandum shartlarini bajarish vaqtida kelib chiqadigan boshqa har qanday masalalar, shu jumladan, Tomonlar oʻrtasidagi oʻzaro maslahatlar mazmuniga rioya etishi lozim.
2. Soʻrayotgan Tomon mazkur Memorandumga muvofiq olingan har qanday maʼlumotlarga nisbatan, ushbu maʼlumotlar Soʻralayotgan Tomonning davlatida konfidensial hisoblansa, mazkur Memorandumning 7-moddasiga muvofiq axborotlarni ochish va Soʻralayotgan Tomonning dastlabki ruxsatisiz maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga berish boʻyicha konfidensiallikka rioya etishi mumkin boʻlmagan holatlar bundan mustasno.
