2-modda. Asosiy tushunchalar
Hamkorlik va oʻzaro yordam koʻrsatish toʻgʻrisida · Sana: 17.03.2008 · Amalda
Mazkur Memorandumning maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
1. “Soʻrayotgan Tomon” — mazkur Memorandumga muvofiq soʻrovni amalga oshiruvchi Tomon.
2. “Soʻralayotgan Tomon” — mazkur Memorandumga muvofiq soʻrov amalga oshirilgan Tomon.
3. “Qimmatli qogʻozlar” — aksiyalar, obligatsiyalar, hosilaviy qimmatli qogʻozlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari qonunchiligiga muvofiq taalluqli boʻlgan boshqa moliyaviy vositalar.
4. “Qimmatli qogʻozlar bozori” — qimmatli qogʻozlarni chiqarilishi, muomala qilinishi va soʻndirilishi bilan bogʻliq qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilari munosabatlari tizimi.
5. “Normativ-huquqiy hujjatlar” — Birlashgan Arab Amirliklarida va Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan qonunlar, qoʻllanmalar va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlar.
