Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida (258-II-son) · Sana: 29.08.2001 · Amalda
Undiruvchi va qarzdor ijro ishi yuritishdagi taraflar hisoblanadi.
Ijro hujjati kimning foydasiga yoki manfaatlarini koʻzlab berilgan boʻlsa, oʻsha shaxs undiruvchi hisoblanadi.
Ijro hujjatida nazarda tutilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni undiruvchiga berish yoxud muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan oʻzini tiyish majburiyati zimmasiga yuklatilgan shaxs qarzdor hisoblanadi.
Ijro ishi yuritishda bir necha undiruvchi yoki qarzdor ishtirok etishi mumkin. Ularning har biri boshqa tarafga nisbatan ijro ishi yuritishda mustaqil ishtirok etadi yoki ijro harakatlarida ishtirok etishni sheriklardan biriga topshirishi mumkin.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-26477
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 9-modda. Ijro ishi yuritishdagi taraflar Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida (258-II-son). neolex.uz/uz/laws/law-13896/9 (lex.uz/docs/-26477)