Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida (258-II-son) · Sana: 29.08.2001 · Amalda
Ijro harakatlari amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida undiruvchi davlat ijrochilarining depozit hisobvaragʻiga tegishli xarajatlarni yoxud ularning bir qismini amalga oshirish uchun yetarli miqdorda boʻnak badalini oʻtkazishga haqli.
Ushbu Qonun 42-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda undiruvchi qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish boʻyicha tegishli xarajatlarni toʻliq boʻnak bilan taʼminlashga haqli.
Ijro harakatlari tamomlanganda boʻnak badali (ushbu Qonunning 77-moddasiga muvofiq xarajatlarning qarzdor hisobidan amalga oshirilgan qismi) undiruvchiga toʻliq qaytariladi, ushbu Qonun 40-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-26477
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 76-modda. Xarajatlarning undiruvchi tomonidan boʻnak bilan taʼminlanishi Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida (258-II-son). neolex.uz/uz/laws/law-13896/76 (lex.uz/docs/-26477)