Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida (258-II-son) · Sana: 29.08.2001 · Amalda
Axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxsdan ijro hujjatlari boʻyicha undiruv sud hukmi yoki qaroriga koʻra amalga oshirilgan ushlab qolish summasini hisobga olmagan holda ish haqining toʻliq summasi hisobidan amalga oshirilishi lozim.
Jazoni ijro etish koloniyalarida, tarbiya koloniyalarida va qamoqxonalarda jazoni oʻtayotgan shaxslardan, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarda saqlanayotgan shaxslardan undiruv Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksida belgilangan tartibda butun ish haqidan amalga oshiriladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-26477
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 67-modda. Undiruvni jazoni oʻtayotgan qarzdorning ish haqiga qaratish Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida (258-II-son). neolex.uz/uz/laws/law-13896/67 (lex.uz/docs/-26477)