Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida (258-II-son) · Sana: 29.08.2001 · Amalda
Qarzdor yuridik shaxsning qarzlarni uzish uchun yetarli pul mablagʻlari boʻlmasa, undiruv unga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan, qayerda va kimning foydalanishida boʻlishidan qatʼi nazar, boshqa mol-mulkka (muomaladan chiqarilgan yoxud muomalada boʻlishi cheklangan mol-mulk bundan mustasno) qaratiladi. Bu mol-mulk ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda xatlanadi yoki unga nisbatan boshqa ijro harakatlari amalga oshiriladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-26477
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 59-modda. Undiruvni qarzdor yuridik shaxsning boshqa mol-mulkiga qaratish Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida (258-II-son). neolex.uz/uz/laws/law-13896/59 (lex.uz/docs/-26477)