Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida (258-II-son) · Sana: 29.08.2001 · Amalda
Ijro harakatlari ish kunlarida soat 8.00 dan 22.00 gacha amalga oshiriladi. Ijro harakatlarini amalga oshirishning aniq vaqtini davlat ijrochisi belgilaydi. Ijro ishi yuritishda qatnashuvchi taraflar ijro harakatlarini amalga oshirishning oʻzlari uchun qulay vaqtini taklif etishga haqlidirlar. Ijro harakatlarini sutkaning boshqa vaqtida, shuningdek dam olish va bayram kunlarida amalga oshirishga belgilangan tartibda faqat kechiktirib boʻlmaydigan yoki qarzdorning aybiga koʻra ularni boshqa vaqtda amalga oshirish mumkin boʻlmagan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-26477
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 26-modda. Ijro harakatlari amalga oshiriladigan vaqt Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida (258-II-son). neolex.uz/uz/laws/law-13896/26 (lex.uz/docs/-26477)