Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha nol darajali stavkani qoʻllash tartibini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (826-1-son)
29.08.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IShLAR VAZIRLIGINING
QARORI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 29-avgustda 826-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan 1999-yil 17-sentabrda EG/04-02-05/1896, 99-66, 15/11567-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha nol darajali stavkani qoʻllash tartibi (roʻyxat raqami 826, 1999-yil 30-sentabr — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 11-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 7-avgust,
84-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 7-avgust,
2008-31-son
Tashqi ishlar vaziri V. NOROV
Toshkent sh.,
2008-yil 7-avgust,
17/19724-son
