12-modda
Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 17.03.2008 · Amalda
Ushbu Anglashuv memorandumi imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va besh yil mobaynida amal qiladi. Tomonlardan biri amaldagi muddat tugashidan kamida olti oy ilgari boshqa Tomonni mazkur Memorandumni amal qilish muddatini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilmasa, uning amal qilish muddati oʻz-oʻzidan uzaytirilaveradi.
Mazkur Memorandum amal qilish muddatining toʻxtatilishi, agar Tomonlar boshqacha kelishmagan boʻlsalar, ushbu Memorandumning amal qilish davrida boshlangan qoʻshma dasturlarga taʼsir qilmaydi.
Abu Dabi shahrida 2008-yil 17-martda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, arab va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Ushbu Memorandum qoidalarini talqin etishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda, Tomonlar uchun ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
(imzolar)
