7-modda
Tomonlarning chegaraboʻyi hududlarida joylashgan xoʻjalik obyektlaridan foydalanish va ularda taʼmirlash-tiklash ishlarini oʻtkazish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 10.03.2008 · Amalda
Tomonlar xalqaro moliya institutlarining investitsiyalari va moliyaviy mablagʻlarini (grantlar, kreditlar va qarzlar) jalb etish orqali suv xoʻjaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyihalarning amalga oshirilishiga koʻmaklashadilar.
Tomonlar davlatlari hududlarida investitsiyaviy loyihalar amalga oshiriladigan taqdirda, Tomonlar loyihalarning amalga oshirilishida ishtirok etadigan xorijiy mutaxassis va ekspertlarning kirish vizalarini rasmiylashtirishga koʻmaklashadilar.
Tomonlar transchegaraviy suv oʻzanlaridagi suv xoʻjalik obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish shartlarini oʻz vaqtida maʼlum qiladilar va kelishib oladilar, bunda transchegaraviy suv oʻzanlaridan foydalanishda qoʻshni davlatlarga zarar yetkazmaslik prinsipiga amal qilishadi.
