3-modda
Tomonlarning chegaraboʻyi hududlarida joylashgan xoʻjalik obyektlaridan foydalanish va ularda taʼmirlash-tiklash ishlarini oʻtkazish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 10.03.2008 · Amalda
Tomonlar xizmat koʻrsatish personali xodimlari, shuningdek kelgusi yil mobaynida xoʻjalik obyektlaridan normal foydalanish uchun ekspluatatsiya rejimiga muvofiq zarur boʻlgan avtotransport, mexanizmlar, asbob-uskunalar va maxsus texnikaning sonini oldindan kelishib olish maqsadida har yilning oktyabr (Garashsizlik)-noyabr (Sandjar) oylarida Tomonlar vakolatli tashkilotlarining maslahatlashuvlarini oʻtkazish toʻgʻrisida kelishib oladilar.
Tomonlarning vakolatli tashkilotlari xizmat koʻrsatish personali xodimlari, shuningdek avtotransport, mexanizmlar, asbob-uskunalar va maxsus texnikaning kelishib olingan roʻyxatlarini keyinchalik oʻz Tomonlarining vakolatli organlari bilan ularni Tomonlarning Davlat chegarasidan oʻtkazishga ruxsat berish masalasini kelishib olish maqsadida bevosita ayirboshlaydilar.
