11-modda
Tomonlarning chegaraboʻyi hududlarida joylashgan xoʻjalik obyektlaridan foydalanish va ularda taʼmirlash-tiklash ishlarini oʻtkazish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 10.03.2008 · Amalda
Ushbu Bitim besh yil muddatga tuziladi va imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Agar ushbu Bitimning amal qilishi tugashidan kamida olti oy oldin Tomonlardan biri boshqa Tomonni yozma ravishda ushbu Bitimning amal qilishini tugatish niyati toʻgʻrisida xabar bermasa, mazkur Bitim keyingi besh yillik muddatlarga oʻz-oʻzidan uzayaveradi.
2008-yil 10-martda (Novruz) ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, turkman va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilish maqsadida rus tilidagi matndan foydalaniladi.
(imzolar)
