5-modda
2008 — 2012-yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 18.10.2007 · Amalda
Oliy Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro manfaatli xalqaro loyihalar doirasida, fundamental va ilmiy amaliy tadqiqotlar oʻtkazishga, shu jumladan oʻzaro manfaatlarni aks etuvchi muammolar boʻyicha ilmiy ishlar va tadqiqotlarni tashkillashtirishga intiladilar.
Koʻrsatilgan ilmiy tadqiqotlarda suv va yer osti resurslarini boshqarishda ilmiy asoslangan prinsiplarini ishlab chiqish, suv tejash texnologiyalari, suvsizlanishga va shoʻrlanishga qarshi kurashish, bioxilma-xillikni saqlab qolish, Orolboʻyi hududida salbiy ekologik oqibatlarni yumshatish, seysmik, geologik va geoekologik ilmiy tadqiqotlar, ekologik muhim xoʻjalik qarorlarni qabul qilishda maʼlumot almashish sohalariga muhim oʻrin beriladi.
