Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2007-yil 28-apreldagi 86-son qarorini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (183-son)
12.08.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 3-iyuldagi 842-I, 513-I-sonli qoʻshma qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2007-yil 28-apreldagi 86-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 4-son, 22-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 12-avgust,
183-son
