44-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Favqulodda vaziyatlar vaziri va Milliy xavfsizlik xizmati raisining, Davlat bojxona qoʻmitasining vakolatlari
Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida (644-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
Qurolli Kuchlarga, Milliy xavfsizlik xizmatining chegara qoʻshinlariga, Ichki ishlar vazirligining ichki qoʻshinlariga va boshqa harbiy tuzilmalarga chaqirish va ular safidan boʻshatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining ushbu Qonunning 6, 12-moddalarida nazarda tutilgan huquqlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Favqulodda vaziyatlar vaziri va Milliy xavfsizlik xizmati raisiga ham beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining ushbu Qonunning 6 va 26-moddalarida nazarda tutilgan huquqlaridan foydalanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining, Favqulodda vaziyatlar vazirining va Milliy xavfsizlik xizmati raisining, Davlat bojxona qoʻmitasining raisining harbiy majburiyatlarni bajarish va harbiy xizmatni oʻtash tartibiga doir normativ hujjatlari ushbu Qonunning talablariga zid boʻlmasligi kerak”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 3-iyul,
644-XII-son
