Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari roʻyxatiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (176-son)
08.08.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sport inventarlari sifatini taʼminlash maqsadida, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “2008—2012-yillar davrida ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish asosida sifatli sport anjomlari, inventarlari va asbob-uskunalari ishlab chiqarishni kengaytirish dasturi toʻgʻrisida” 2008-yil 20-fevraldagi 26-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 63-modda; 2008-y., 5-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari roʻyxatiga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mashinasozlikni, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 8-avgust,
176-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-avgustdagi 176-son qaroriga ILOVA
Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari roʻyxatiga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. Quyidagi mazmundagi 361-pozitsiya qoʻshilsin:
2. 47-pozitsiyaning “Nomi” ustunidagi “bolalar assortimenti” soʻzlaridan keyin “va boks poyabzallari” soʻzlari qoʻshilsin.
3. Quyidagi mazmundagi 471-pozitsiya qoʻshilsin:
4. 61-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 33-son, 315-modda)
