“281-modda. Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishini tiklash
“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-164-son) · Sana: 30.07.2008 · Amalda
Patentni oʻz kuchida saqlab turganlik uchun patent boji belgilangan muddatda toʻlanmaganligi sababli amal qilishi tugatilgan sanoat mulki obyekti patentining amal qilishi patent egasining iltimosnomasiga koʻra tiklanishi mumkin. Bunday iltimosnoma patentning amal qilishi tugatilgan sanadan eʼtiboran uch yil muddat ichida, biroq patentning ushbu Qonunda nazarda tutilgan amal qilish muddati tugaguniga qadar Patent idorasiga topshirilishi mumkin.
Patent egasining iltimosnomasiga patentning amal qilishini tiklash uchun belgilangan miqdordagi patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi kerak.
Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishi tiklanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar rasmiy axborotnomada eʼlon qilinadi.
Sanoat mulki obyekti patentining amal qilish muddati tugatilgan sana bilan patentning amal qilishi tiklanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilingan sana oraligʻidagi davrda sanoat mulki obyektidan foydalanishni boshlagan yoki buning uchun zarur tayyorgarlik koʻrgan shaxs ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirmagan holda sanoat mulki obyektidan bepul foydalanish huquqini saqlab qoladi”;
15) 36-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Davlat sirlarini oʻz ichiga olmaydigan ixtirolar va foydali modellarni boshqa davlatlarda patentlash tegishli talabnoma Patent idorasiga topshirilgan kundan eʼtiboran uch oy oʻtganidan keyin amalga oshirilishi mumkin”;
16) 38-moddadagi “yaratish” degan soʻz chiqarib tashlansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-iyul,
OʻRQ-164-son
