“211-modda. Ixtiro haqidagi talabnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish
“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-164-son) · Sana: 30.07.2008 · Amalda
Ixtiro haqidagi talabnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrib chiqish uchun qabul qilingan talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran oʻn sakkiz oy oʻtganidan keyin rasmiy axborotnomada eʼlon qilinadi. Eʼlon qilinadigan maʼlumotlar tarkibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi.
Talabnoma beruvchining iltimosnomasiga koʻra Patent idorasi koʻrib chiqish uchun qabul qilingan ixtiro haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran oʻn sakkiz oy oʻtguniga qadar ixtiro haqidagi talabnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilishi mumkin.
Ixtiro haqidagi talabnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilinganidan keyin har qanday shaxs ushbu talabnomaga doir hujjatlar bilan tanishib chiqishga haqli. Ixtiro haqidagi talabnomaga doir hujjatlar bilan tanishib chiqish tartibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi”;
9) 22-moddaning:
uchinchi qismidagi “patent berishni rad etish haqida qaror chiqarilib” degan soʻzlar “Patent idorasi patent berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “foydali modelga patent berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinib” degan soʻzlar “Patent idorasi foydali modelga patent berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 23-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
