Oʻzbekiston Respublikasida transport vositalari va boshqa oʻziyurar mashina hamda mexanizmlar egalari fuqarolik javobgarligining davlat majburiy sugʻurtasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida (122-1-son)
17.07.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 17-iyulda 122-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 141-sonli qaroriga muvofiq, buyuraman:
Oʻzbekiston Respublikasida transport vositalari va boshqa oʻziyurar mashina hamda mexanizmlar egalari fuqarolik javobgarligining davlat majburiy sugʻurtasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (1995-yil 1-fevral, roʻyxat raqami 122) Oʻzbekiston Respublikasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni kuchga kirgan kundan oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 11-iyul,
76-son
