Cheklangan tariflar boʻyicha shaharda muntazam yoʻlovchi tashishlarni bajarish bilan band boʻlgan tashuvchilarni moliyalash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (963-1-son)
16.07.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 16-iyulda 963-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transporti sohasida monopoliyadan chiqarish va boshqaruvni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2001-yil 4-iyundagi PF-2871-sonli, “Toshkent shahrida yoʻlovchi transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2006-yil 11-yanvardagi PF-3713-sonli farmonlari, “Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi 2006-yil 9-martdagi PQ-303-sonli qaroriga binoan, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2000-yil 7-avgustda 76-son bilan tasdiqlangan “Cheklangan tariflar boʻyicha shaharda muntazam yoʻlovchi tashishlarni bajarish bilan band boʻlgan tashuvchilarni moliyalash toʻgʻrisidagi nizom”ga (2000-yil 30-avgust, roʻyxat raqami 963 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-yil, 16-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan paytdan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 3-iyul,
70-son
