48-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorini davlat tomonidan tartibga solish asoslari
Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida (O‘RQ-163-son) · Sana: 22.07.2008 · Kuchini yo'qotgan
Qimmatli qogʻozlar bozorini davlat tomonidan tartibga solish:
qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni hamda birja faoliyatini litsenziyalash va (yoki) bunday faoliyatga nisbatan majburiy talablar belgilash;
qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini roʻyxatdan oʻtkazish hamda chiqarish toʻgʻrisidagi qarorlarda nazarda tutilgan shartlar va majburiyatlarga emitentlarning rioya etishlari ustidan nazorat qilish;
qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi axborot qonun hujjatlariga muvofiq oshkor qilinishini taʼminlash;
qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining mutaxassislarini attestatsiyadan oʻtkazish;
qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining faoliyati ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilish orqali amalga oshiriladi.
