6-modda. Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi davlat siyosati
“Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-162-son) · Sana: 11.07.2008 · Amalda
Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash;
nogironlarning kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik;
nogironlarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish;
nogironlarning huquqlari va ular uchun imkoniyatlar tengligini taʼminlash;
nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash;
nogiron bolalarning maktabgacha va maktabdan tashqari taʼlimini, nogironlarning kasb tayyorgarligini, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim olishini taʼminlash;
davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining nogironlar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash borasidagi faoliyatining oshkoraligini hamda ochiq-oydinligini taʼminlash;
nogironlarni ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish.
