“Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-162-son) · Sana: 11.07.2008 · Amalda
Nogiron bolalarning oiladagi taʼlimi taʼlim muassasalarida, shu jumladan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida taʼlim olishning imkoni boʻlmagan taqdirda, ota-onaning yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarning istagi hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Bunda ota yoki onaga yoxud ota yoki ona oʻrnini bosuvchi shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda va shartlarda moddiy taʼminot hamda imtiyozlar beriladi.
Taʼlim muassasalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari nogiron bolalarning oilada taʼlim olishida ota-onaga yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarga yordam koʻrsatishi shart.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-1372495
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 20-modda. Nogiron bolalarning oiladagi taʼlimi “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-162-son). neolex.uz/uz/laws/law-1372498/20 (lex.uz/docs/-1372495)