Davlat veterinariya nazorati ostidagi yuklarning eksporti, importi hamda tranzitida veterinariya hujjatlarini rasmiylashtirish va ularni tashish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (1302-1-son)
07.07.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI DAVLAT VETERINARIYA BOSh BOShQARMASI BOShLIGʻINING
BUYRUGʻI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 7-iyulda 1302-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 27-martdagi PQ-823-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 98-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. “Davlat veterinariya nazorati ostidagi yuklarning eksporti, importi hamda tranzitida veterinariya hujjatlarini rasmiylashtirish va ularni tashish qoidalari”ning (2004-yil 22-yanvar, roʻyxat raqami 1302) ilovasi mazkur oʻzgartirishlarda keltirilgan ilovaga* muvofiq tahrirda bayon etilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtganidan keyin kuchga kiradi.
Davlat veterinariya bosh boshqarmasi boshligʻi N. YULDASHEV
Toshkent sh.,
2008-yil 19-iyun,
84-son
